«respublika bolalar kutubxonasi» tegli maqolalar


Toshkentda bolalar inklyuziyasiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi o‘tkazilmoqda
19 aprel 2024, 14:01

Toshkentda bolalar inklyuziyasiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi o‘tkazilmoqda

19−21-aprel kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida bolalar inklyuziyasi mavzusiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar o‘qiladi, so‘nggi kuni esa mahorat darslari, o‘yinlar, kitobxonlik o‘tkaziladi.

Urbanist bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif berdi
2 sentabr 2023, 11:02

Urbanist bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish bo‘yicha taklif berdi

Urbanist Iskandar Soliyev Respublika bolalar kutubxonasi yonidagi chorrahani rekonstruksiya qilish konseptini taklif etdi. “Avval piyodalarga, keyin velosiped va samokatlar, so‘ngra avtomobillarga ustuvorlik beriladi. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak”, — dedi u. Hozir chorrahada mashinalar gavjum.

Bolalar muassasalari yaqinida ular uchun xavfsiz ko‘chalar bo‘lishi kerak
31 avgust 2023, 11:11

Bolalar muassasalari yaqinida ular uchun xavfsiz ko‘chalar bo‘lishi kerak

O‘zbekistonda bolalar muassasalari yaqinida xavfsiz ko‘chalar yaratish madaniyati mavjud emas. Yuzlab odamlar haftalab prezident ishtirokida ochilgan Respublika bolalar kutubxonasi yaqinidagi hududni obodonlashtirdi, biroq yaqin atrofdagi ko‘chalar va chorrahani tartibga keltirishni hech kim xayoliga ham keltirmadi.

Prezident bolalar bilan telefonning foyda va zararlari haqida suhbatlashdi
30 avgust 2023, 10:02

Prezident bolalar bilan telefonning foyda va zararlari haqida suhbatlashdi

Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan kitobxonlikning afzalliklari, zamonaviy telefonlarning ijobiy va salbiy tomonlari haqida gaplashdi.

Foto: Prezident Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi
29 avgust 2023, 23:56

Foto: Prezident Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi

Prezident restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasini ochib berdi. Rekonstruksiya loyihasi Sankt-Peterburgning Ludi Architects byurosi tomonidan amalga oshirildi. Kutubxona o‘z eshiklarini 31-avgust kuni ochadi.

Toshkentda restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasi 31-avgust kuni ochiladi
28 avgust 2023, 20:30

Toshkentda restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasi 31-avgust kuni ochiladi

31-avgust kuni Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasining restavratsiyadan chiqqan tarixiy binosi ochiladi, poytaxt aholisi va mehmonlari ochiq eshiklar kuniga taklif etildi. Kitob fondi 21 ming jild bilan to‘ldirildi, kutubxonada kovorking maydoni va raqamli kontent bilan ishlash studiyasi paydo bo‘ldi.

Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi kuzga qoldirildi
13 aprel 2023, 11:11

Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi kuzga qoldirildi

Toshkentda yoz fasliga rejalashtirilgan Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi kuzga qoldirildi. Bu murakkab restavratsiya ishlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari, “jamoat maydonining munosib namunasi” bo‘lishi va’da qilingan kutubxona oldida ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Respublika bolalar kutubxonasi bahor oxirigacha ochilishi rejalashtirilmoqda
22 fevral 2023, 16:00

Respublika bolalar kutubxonasi bahor oxirigacha ochilishi rejalashtirilmoqda

Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasi rekonstruksiyadan so‘ng bahor oxirigacha ochilishi reja qilinmoqda. “Biz hamma uchun ochiq bo‘lgan zamonaviy, qulay hudud yaratyapmiz. Odamlar bu makonni o‘zlariga moslashtirishlarini xohlaymiz”, — deya ta’kidladi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi. Foto.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting